Voltemadening narxi - 80 million evro!

"Shtutgart" markaziy hujumchisi Nik Voltemade Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqishlari doirasida, deya xabar bermoqda Bild jurnalistlari.
Manbaga ko'ra, "shvabiyaliklar" rahbariyati 23 yoshli hujumchini 80 million evroga baholamoqda. Avvalroq, "Bavariya" futbolchi uchun taxminan 40 million taklif qilgan, ammo rad javobini olgandi.
Voltamade "Shtutgart" bilan 2028 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan. Transfermarkt portali ekspertlari forvardning bozor narxini 30 million evroga baholamoqda.
Hujumchi 2024/2025 yilgi mavsumda 33 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.