Voltemade "Bavariya"ga shart qo'ydi

Bundesliganing yangi mavsumi starti yaqin va hujumchi Nik Voltemade kelajagi bilan bog'liq vaziyatga tezroq oydinlik kiritishni istamoqda. Germaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli Voltemade "Bavariya"ga shart qo'ygan - futbolchi agar myunxenliklar uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, hafta oxirigacha transfer tashabbusi bilan chiqishini istamoqda.
Agar "Bavariya" yaqin kunlarda hech qanday chora ko'rmasa, u holda Voltemade e'tiborini mavsumni "Shtutgart"da o'tkazishga qaratadi. Bunday holda, hujumchi keyingi safar kelasi yozda o'z kelajagi haqida o'ylaydi.
Nufuzli Transfermarkt portali Nik Voltemadeni 30 million evroga baholamoqda.