Vlaxovich kelasi mavsum uchun o'ziga klub tanladi

Markaziy hujumchi Dushan Vlaxovich Turinning "Yuventus" klubini tark etib, Italiyaning boshqa klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko'ra, serbiyalik hujumchi "Milan"ga o'tishni istamoqda. Potentsial transfer summasi 20 million evroni tashkil etishi mumkin. Vlaxovichning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Hujumchi Italiya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumida "Yuventus"ning 29 ta uchrashuvida ishtirok etgan. Dushan 10 ta gol (4 tasi penaltidan) va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.