"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich kelajakdagi faoliyati haqida bir qarorga keldi. Serb Turin klubida qoladi.

Bu haqda La Gazette dello Sport xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, forvard yaxshi maosh olish uchun amaldagi shartnomasi oxirigacha "Yuventus"da qolmoqchi.

Klub bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, u keyingi mavsum uchun 12 million evro ishlab olishi kerak.

Buning uchun Vlaxovich Italiya klubida rotatsiyali futbolchi bo'lishga tayyor. Mish-mishlarga ko'ra, serbiyalik forvard xizmatlariga "Milan" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.