Vlahovich "Yuventus"ni La Liganing top-klubiga almashtirishi mumkin

"Yuventus" joriy transferlar davrida hujumchi Dushan Vlaxovich bilan xayrlashishga umid qilmoqda.
Turin klubi Madridning "Atletiko" klubi o'ng qanot himoyachisi Nauel Molina bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda va serbiyalik futbolchi bitimning bir qismiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport. Argentinalik 30 mln evroga baholanmoqda, shuning uchun "keksa sinora" "matraschilar"ga qo'shimcha pul to'lashiga to'g'ri kelishi mumkin.
Dushan Vlaxovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lganlarning asosiy muammosi uning maosh talab qilishidir. 25 yoshli forvardning "Yuventus" bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga etadi. Futbolchiga da'vogarlar orasida "Milan" ham bor.