Virts "Yokogama"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgani uchun 5 ming funt sterling oldi

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts Osiyo turnesi doirasida "Yokogama F.Marinos"ga (3:1) qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mukofot sifatida nemis futbolchisi 1 million ¥ - taxminan 5 ming funt sterling oldi.
Eslatib o'tamiz, Virts ushbu o'yinda "mersisaydliklar" safida debyut golini kiritgandi. Futbolchi uchrashuvning 62-daqiqasidayoq hisobni tenglashtirdi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 20 iyun kuni "Bayer"dan 22 yoshli yarim himoyachi transferini e'lon qilgan edi.
O'tgan mavsumda Virts barcha turnirlarda 45 ta o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil qiladi.