Virts Germaniyada nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi

Hujumkor yarim himoyachi Florian Virts o'z vatani Germaniyada nufuzli sovrin qo'lga kiritdi. Futbolchi Kicker talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida 22 yoshli Virts "Bayer"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Transfer summasi, OAV ma'lumotlariga ko'ra, 125 million evroni tashkil etgan. Bonuslar hisobiga summa jiddiy o'sishi mumkin.
"Liverpul" yakshanba kuni 2025/2026 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini o'tkazadi. Arne Slot jamoasi Angliya Superkubogi doirasida "Uembli"da "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi.