"Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts APL yangi mavsumi boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

U yozda "Bayer"dan 125 million evro evaziga sotib olingan edi.

"Maydonda to'g'ri pozitsiyalarni egallashga va to'pni qabul qilish, xavfli vaziyatlar yaratish uchun to'g'ri zonalarni topishga harakat qilaman.

Premer-ligada hali birorta o'yin o'tkazmaganman, ammo buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Aynan shu sababdan ham bu erga keldim", - dedi 22 yoshli Virts.