Vinisius Junior "Real" bilan shartnomasini yoz oxirigacha uzaytirmaydi.

Jurnalist Xorxe Pikonning aytishicha, bu masala keyinroqqa surilgan. Yoz oxirigacha yangi shartnoma imzolanishi haqida hech qanday rasmiy xabar kutilmaydi. Hammasi 2025/26 yilgi mavsumda voqealar qanday rivojlanishiga bog'liq bo'ladi.

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

La Liganing o'tgan mavsumida Vinisius 30 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.