Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilishda davom etmoqda.

Marca xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchining agenti bugun "qirollik klubi" ofisiga tashrif buyurgan. U erda yangi muzokaralar bo'lishi kutilmoqda.

Avvalroq, Vinisius "Real"dan yiliga 25-30 million evro sof maosh so'rayotgani aytilgan edi.