Bu haqda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi saytida bayonot e'lon qilindi.

Unda aytilishicha, "Vilyarreal" va "Barselona" klublari La Liganing 17-turidan o'rin olgan o'yinni AQShda o'tkazishni so'rashgan.

Dushanba kungi yig'ilishda federatsiya klublarning arizasini ko'rib chiqishni ma'qulladi. So'rovlar UEFA va FIFAga yuboriladi.

“Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi 20-dekabr, shanba kuni Mayamidagi “Hard Rock” stadionida bo'lib o'tishi mumkin.

Avval Ispaniya chempionati tarixida boshqa mamlakatlarda o'yinlar o'tkazilmagan. Shu bilan birga, so'nggi yillarda La Liga rahbari Xaver Tebas AQShda o'yinlardan birini tashkil etish ustida faol ishlamoqda.