“Tottenxem” darvozaboni Gilelmo Vikario UEFA Superkubogi uchun Frantsiyaning “PSJ” klubiga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.

"O'z shahrimga qaytib, u erda o'ynash men uchun juda hayajonli. O'ylaymanki, barcha hayajon start hushtagi chalinganidan keyin o'tib ketadi.

Men jamoamizning eng tajribali o'yinchilaridan biriman, etakchilik mahoratimni ko'rsatishga tayyorman", - deydi italiyalik darvozabon.