Vikario: "O'yin taqdiri o'z qo'limizda edi..."

"Tottenxem" darvozaboni Gulelmo Vikario "PSJ"ga qarshi UEFA Superkubogi doirasidagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bu o'yinda yaxshi jihatlar ko'p bo'ldi. Rejani a'lo darajada bajardik, 2:0 hisobida oldinda edik. Eng achinarlisi, o'yin taqdiri bizning qo'limizda edi, ammo bu futbol, "PSJ" esa top jamoa. O'yin boshlanishidan oldin hamma bizni engil raqib deb o'yladi. Bu qabul qilish juda qiyin bo'lgan alamli mag'lubiyat," - deya Vikarioning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.