Ingliz hujumchisi Jeymi Vardi klub rahbariyati transferni rasmiylashtirishga tayyor bo'lishiga qaramay, "Jenoa"ga o'tmaydi.

La Repubblica nashri ma'lumotlariga ko'ra, Genuya jamoasining bosh murabbiyi Patrik Vieyra bu bitimga qat'iyan qarshi chiqdi.

Frantsiyalik mutaxassis 38 yoshli to'purarning o'tishiga veto qo'ydi. Hozirgi vaqtda Vardi erkin agent hisoblanadi. Bu yozda hujumchi 2012 yildan beri himoya qilib kelgan "Lester" jamoasini tark etdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Genuya jamoasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallagan edi. Vieyra shogirdlari 38 o'yinda 43 ochko to'plagan.