Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Fabiu Vieyraga Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubi qiziqish bildirmoqda.

"Kanonirlar" 25 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti va unga bo'lajak xaridorlarning takliflarini eshitishga tayyor. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, "Vest Xem" Vieyrani transferlar ro'yxatiga kiritgan. "Bolg'achilar" portugaliyalik nomzodini boshqalar qatori ko'rib chiqmoqda, ammo hozircha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Fabio Vieyra o'tgan mavsumni "Portu"da ijara asosida o'tkazgan edi. Xavbek "ajdarlar" safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining narxi 22 mln evroni tashkil etadi.