Veyga "Atletiko"ga o'tishga rozi bo'ldi

Madridning "Atletiko" va Londonning "Chelsi" klublari 21 yoshli portugaliyalik himoyachi Renatu Veyganing transferi bo'yicha muzokaralarni boshlayapti. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining o'zi "matraschilar" safiga o'tishga rozilik bergan va yaqin kunlarda birinchi taklif kutilmoqda. "Chelsi" esa transfer uchun 40 million evro talab qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Veyga o'tgan yilning yozida "Bazel"dan "Chelsi"ga 14 million evroga o'tgan edi. U "ko'klar" safida barcha musobaqalarda jami 14ta o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini esa ijara asosida Turinning "Yuventus" jamoasida o'ynadi.