Kayl Uoker-Piters "Vest Xem"ga o'tdi.

London klubi "Sautgempton"ning sobiq himoyachisining tekinga transferini e'lon qildi. 28 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.

Uoker-Piters o'tgan mavsumda Premer-ligada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.