Praganing "Slaviya" klubi chap qanot vingeri El-Xadji Malik Diuf faoliyatini "Vest Xem" safida davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli senegallikning transfer summasi "bolg'achilar" o'z taklifini oshirganidan keyin 22 million evro + bonuslar bo'ladi.

Diufga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga ketishga ruxsat berilgan.

Chexlar qanot himoyachisini o'tgan yilning qishida "Troms"dan 2,5 million evro evaziga xarid qilgandi. U o'tgan mavsumda 41 ta o'yinda 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.