32 yoshli himoyachi Vladimir Tsoufal "Xoffenxaym" bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi.

Futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Germaniyada bo'lib turibdi va shundan so'ng klub bilan shartnoma imzolaydi.

Vladimir Tsoufal 2020 yildan 2025 yilgacha "Vest Xem" sharafini himoya qilgan.

Chexiyalik futbolchi o'tgan mavsumda APLda 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta sariq kartochka olgan.