"Vest Xem" Paketa uchun narx belgiladi

"Vest Xem" hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa yoz oxirigacha klubni tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchi ketish haqida o'ylamoqda va unga yana "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, "bolg'achilar" xaridorlar taxminan 30-40 mln funt (35-46 mln evro) taklif qilishsa, 27 yoshli futbolchining transferini muhokama qilishga tayyor.
Lukas Paketaning Transfermarkt saytidagi narxi ancha past - 28 mln evro. Uch yil muqaddam londonliklar futbolchini "Lion"dan 43 mln evro atrofida to'lab sotib olgan edi. Xavbekning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uni bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.