Angliyaning "Vest Xem" klubi Meksikaning "Monterrey" jamoasi yarim himoyachisi Nelson Deossani sotib olishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Bu haqda Super Deportivo nashri xabar berdi.

"Bolg'achilar" futbolchi uchun 11 million evrodan sal ko'proq taklif qilishdi, ammo bu etarli bo'lmasligi mumkin, chunki futbolchi uchun kurashga Ispaniyaning "Betis" klubi qo'shildi. Mazkur jamoa vakillari futbolchi uchun asosiy summa sifatida 12,1 million evro, shuningdek, 1,6 million evroni bonus sifatida berishga tayyor.

Maydon markazida harakat qilayotgan 25 yoshli Deossa o'tgan mavsumni "Monterrey" va "Pachuka" klublarida o'tkazdi. Uning hisobida 48 ta o'yin, 10 ta gol va 3 ta assist mavjud.