"Verona" qanot himoyachisi APLga ko'chib o'tishga yaqin turibdi

"Verona"ning qanot himoyachisi Jekson Tchatchua "Nottingem Forest"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Verona" "o'rmonchilar"ning 12 million evro va bonuslar miqdoridagi taklifini qabul qilgan. Futbolchining o'ziga yuqori maoshli 4 yillik mehnat shartnomasi taklif qilingan. Kelishuv yaqin dam olish kunlarigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Italiya chempionatining o'tgan mavsumida Tchatchua barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golga hammualliflik qilgan.
Transfermarkt portali mutaxassislari 23 yoshli kamerunlik futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.