Venesuelalik hujumchi Kiprga yo'l olishi mumkin

“Sochi” hujumchisi Saul Guarirapa Rossiya chempionatini tark etib, faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin.
Metaratings.ru jurnalistlarining xabar berishicha, 26 yoshli hujumchiga Kiprning "Pafos" klubi qiziqish bildirmoqda.
Sochiliklar futbolchining transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Potentsial bitim summasi 3,5 million evroga baholanmoqda.