Niderlandiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Lui van Gal o'z holati haqida gapirdi. Uch yil oldin u prostata saratoniga chalinganini e'lon qilgandi.

"Saraton endi meni bezovta qilmaydi. Ikki yil oldin bir necha marta operatsiya bo'lganman. O'shanda hammasi yomon edi. Ammo oxir-oqibat hammasi yaxshi bo'ldi. Har bir necha oyda ko'rikdan o'taman va hammasi yaxshi ketyapti. Men tobora yaxshilanib bormoqdaman," - deya Van Galning so'zlarini keltiradi VI.

Shuningdek, 73 yoshli mutaxassis murabbiylik ishiga qaytishni istamasligini, ammo top-terma jamoaning taklifi uni o'ylantirib qo'yishi mumkinligini ta'kidladi.

Van Gal 2014 yildan 2016 yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan. 2015/16 yilgi mavsumda klub Angliya kubogini qo'lga kiritdi.