"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk Angliya Superkubogidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoadagi hozirgi vaziyat haqida fikr bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, hujum chizig'i etakchilarining ketishi klub rahbariyatining e'tiborini talab qiladi.

- Biz Nunesni yo'qotdik, shuningdek, Dias "Bavariya"ga o'tdi. Ko'ramiz, transfer oynasi bizga nima taklif qilarkin. O'ylaymanki, bizni kuchaytiradigan hujumchi uchun har doim tarkibimizda joy bor," - deya "Liverpul" himoyachisining so'zlarini keltiradi talkSPORT.