Van Deyk: "Fede ajoyib xarakterga ega"

"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jamoadoshi Federiko Kezaning o'yiniga yuqori baho berdi.
15 avgust kuni italiyalik futbolchi "Bornmut" darvozasiga "qizillar"ga g'alaba keltirgan gollardan birini kiritdi.
Arne Slot shogirdlari Premer-liganing birinchi turida 4:2 hisobida zafar quchdi. "Fede ajoyib xarakterga ega, u juda qattiq ishlaydi, jarohatlar bilan omadsiz bo'ldi, lekin biz hammamiz u jamoaga qanday ta'sir qilishi mumkinligini bilamiz.
U ajoyib inson va biz uni hammamiz yaxshi ko'ramiz", - dedi himoyachi.