Van Bommel: "Zeedorf hozir o'ynaganda dunyoning eng yaxshi 20 nafar yarim himoyachisi ro'yxatida bo'lmasdi"

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Mark Van Bommelning fikricha, bugungi futbolda uchta klub bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan Klarens Zeedorf top-20 yarim himoyachilar qatoriga kirmagan bo'lardi.
"Men bunday savolga "yo'q" deb javob bergan bo'lardim, aniq, chunki menimcha, hozir yanada iqtidorli, favqulodda yaxshi yarim himoyachilar bor," - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, van Bommel va Zeedorf "Milan" safida birga to'p tepgan va 2011 yilda A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan.