"Valensiya" yarim himoyachisi Xaver Gerra jamoa bilan kelishuvni uzaytirdi.

"Ko'rshapalaklar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

2024/25 yilgi mavsumda Gerra Ispaniya chempionatida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, OAVda uning "Manchester Yunayted"ga ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.