"Valensiya" Liga 1 klubi yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

"Renn" yarim himoyachisi Batist Santamariya "Valensiya"ga o'tdi.
30 yoshli futbolchi ispan klubi bilan ikki yillik - 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Santamariya "Nitstsa"da ijarada o'ynadi va Liga 1da 13ta o'yinda maydonga tushdi. Xavbek 2024/25 yilgi mavsumda Frantsiya chempionatida jami 23 ta o'yin o'tkazdi.