Mashhur bokschi Aleksandr Usik faoliyatidagi eng muhim 5 ta voqelik haqida gapirdi:

"Birinchi voqea — men boks bilan shug'ullanishni boshlagan kun. Bu 2002 yilda sodir bo'lgan.

Ikkinchisi — 2008 yilda Liverpulda bo'lib o'tgan Evropa chempionatidagi birinchi muhim g'alabam.

Uchinchisi — 2011 yilda Boku shahrida havaskorlar o'rtasida jahon chempioni bo'lganim.

To'rtinchisi — 2012 yilda Londondagi Olimpiadada oltin medal yutganim.

Beshinchisi — 2024 yilda Ar-Riyodda og'ir vaznda mutlaq chempion bo'lganim".