Uotkins "Nyukasl" uchun zaxira variantiga aylandi

"Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins faoliyatini Premer-liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, Angliya terma jamoasi a'zosiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
"Qarg'alar" agarda "Ayntraxt"dan Ugo Ekitike bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, Uotkins variantiga e'tibor qaratadi.