Unai Emeri "Aston Villa"dan "Chelsi" forvardini sotib olishni talab qilmoqda

Unai Emeri "Aston Villa" "Chelsi"dan Nikolas Jeksonni o'z safiga qo'shib olishini istamoqda.
Avvalroq, "Aston Villa" moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar tufayli forvard uchun 60 mln evrodan ortiq to'lay olmasligi, shuning uchun faqat "Chelsi"dan ijaraga olinishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fabritsio Romanoga ko'ra, birmingemliklar bosh murabbiyi Jeksonni qo'lga kiritishni talab qilmoqda, senegallik futbolchi Emeri uchun asosiy transfer maqsadi. Murabbiy va futbolchi "Vilyarreal"da birga ishlagan, ularning munosabatlari a'lo darajada.
Hozirda bitim formulasi va tuzilishi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. "Aston Villa" Nikolasga boshqa klublar ham da'vogar ekanini biladi.