Ukrainaning talabi qondirilmadi

Iordaniya Ukrainaning Rossiya terma jamoasi bilan o'yinni bekor qilish haqidagi chaqirig'iga javob qaytardi.
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi hali ham Rossiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
O'yin 4 sentyabr kuni Rossiyada bo'lib o'tadi, RFI hali shahar va arena nomini aytmagan.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi bir kun avval Iordaniya futbol assotsiatsiyasi, FIFA, UEFA va Osiyo Konfederatsiyasiga Rossiyadagi o'yinni bekor qilish talabi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergan edi.
"O'yin bo'lib o'tadi", - dedi Iordaniya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.