Ukrainalik himoyachi "PSJ"dan taklifini oshirishni so'ramoqda

"Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy "PSJ"ga o'tmoqchi. Frantsiya chempionati grandi iyun oyidayoq ukrainalik futbolchi bilan og'zaki suhbatlashgan edi. Endilikda Zabarniy parijliklarning "Bornmut"ga taklifini yaxshilashini istamoqda, deb yozadi ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabritsio Romano.
22 yoshli Zabarniyga qiziqishni boshlagan "Tottenxem"ga kelsak, futbolchi borasida faol muzokaralar olib borilmayapti.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Ilya Zabarniyni 42 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi yana to'rt mavsumga mo'ljallangan.