Yakshanba tonggida AQShning Chikago shahrida o'tkaziladigan UFC 319 turniridan o'rin olgan janglardan biri karddan echildi.

Aniqrog'i, prelim karddan o'rin olgan engil vazn toifasidagi amerikalik Bobbi Grin hamda braziliyalik Diego Ferreyra o'rtasidagi jang o'tkazilmaydi. Jangning bekor qilinishiga 38 yoshli Grin sabab bo'lgan. Jarohatmi yoki boshqa sabab, hozircha bu haqda aniq ma'lumot berilmagan. 

Ma'lumot uchun, Bobbi Grin ham, Diego Ferreyra ham so'nggi janglarida mag'lubiyat alamini totib ko'rishgandi. Amerikalik ketma-ket ikkita jangda yutqazdi. Peddi Pimblett va Maurisio Ruffiga nokaut bilan imkoniyatni boy berdi. Ferreyra esa Grant Dousonga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi. 

Manba: fighttime