UFC 319. Chimaev Dyu Plessisni mag'lub etdi

Bugun tongda Chikagodagi (AQSh) "United Centre"da UFC 319 turniri bo'lib o'tdi.
Uning asosiy voqeasi janubiy afrikalik Drikus dyu Plessis va BAA vakili Xamzat Chimaev o'rtasidagi o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi bo'ldi.
Jang besh raund davom etdi va yakdil qaror bilan Chimaevning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyat tufayli Hamzat tashkilotning o'rta vazn toifasida yangi chempioni bo'ldi.