UEFA Superkubogining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi (foto)

Usmon Dembele "Tottenxem"ga qarshi bahsda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi.
"PSJ" vingeri jamoasiga UEFA Superkubogini qo'lga kiritishda yordam berdi. U ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada golli uzatmani amalga oshirdi - parijliklar hisobni tenglashtirdi va yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
