The Guardian sahifalarida sanktsiyalar davrida UEFAning Rossiya klublariga to'lovlari haqida xabar e'lon qilindi. Rossiya terma jamoalarining rasmiy xalqaro o'yinlarda ishtirok etishi taqiqlanganiga qaramay, UEFA birdamlik dasturi doirasida pul o'tkazishda davom etmoqda.

Birdamlik dasturi evrokuboklarga chiqish uchun ichki miqyosda etarlicha muvaffaqiyatga erisha olmayotgan klublar uchun mo'ljallangan. UEFA bunday to'lovlar orqali "Evropa ligalarida raqobat muvozanatini saqlab qolishga" harakat qilmoqda. UEFA sanktsiyalar joriy etilganidan beri Rossiya klublariga 10,8 million evrodan ko'proq pul to'ladi.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Ukrainaning beshta klubi "jangovar harakatlar zonasida" bo'lgani uchun bunday to'lovlarni ololmagan.