UEFA rasmiy saytining intizomiy qarorlar bo'limida "Real"ning 4 apreldagi qarori bo'yicha apellyatsiyasi rad etilgani haqida ma'lumot berildi. Shu tariqa, Kilian Mbappe, Antonio Ryudiger va Dani Sebalosning jazolari o'z kuchida qoldi.

Aprel oyida UEFA Mbappe, Ryudiger va Sebalosni odob-ahloqning asosiy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. "Real" futbolchilari Chempionlar Ligasi o'yinida "Atletiko" muxlislarini g'azablantirgani aniqlandi.

O'shanda Ryudiger 40 ming evro, Mbappe 30 ming evro, Sebalos 20 ming evro jarimaga tortilgandi. Shuningdek, Ryudiger va Mbappe bir o'yinga shartli diskvalifikatsiya qilindi.