Saba Goglichidze "Udineze" futbolchisiga aylandi.

Udine klubi "Empoli" himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdilar.

Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, kelishuv summasi 4 million evroni tashkil qilgan.

A Seriyaning o'tgan mavsumida Goglichidze 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida Gruziya terma jamoasi safida 3 ta o'yin bor.