"Udineze" darvozaboni 4 yillik diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi

"Udineze" darvozaboni Maduka Okoye 4 yillik diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi.
Eslatib o'tamiz, nigeriyalik futbolchi 2024 yilning mart oyida "Latsio"ga qarshi o'yinning 64-daqiqasida vaqtni cho'zgani uchun ataylab sariq kartochka olganlikda gumon qilingan edi. Ogohlantirish uchun haddan tashqari ko'p stavkalar qo'yilgani xabar qilindi.
Voqeaga tikilgan pullar bo'yicha 120 ming evrodan ortiq mablag' to'langan va bu mablag'ning katta qismi Udine provintsiyasidagi bukmekerlik shoxobchalari orqali olingan. Darvozabon 4 yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin edi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, Federal sud tinglov yakunlari bo'yicha Okoyeni ikki oyga diskvalifikatsiya qilish to'g'risida qaror chiqardi, bu 2025/2026 yilgi mavsum boshidan kuchga kiradi.