Tyago Silva Joao Pedroning dubli haqida fikr bildirdi

Braziliyaning "Fluminense" klubi futbolchisi Tyago Silva "Chelsi" futbolchisi Joao Pedroning jamoasi darvozasiga urgan dubliga munosib baho berdi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Chelsi" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Bu yigit boshqacha. Men uni juda yoqtiraman. U "Uotford"daligidayoq "Chelsi"da unga qarshi ikki marta o'ynaganman va u bizga qarshi ikkita ajoyib o'yin o'tkazgan. Uning bunday ilhomlangan kuni bo'lishini kutmagan edim. U ikkita ajoyib gol urdi. Joao Pedroga faqat omad tilashim mumkin," - deya Tyago Silvaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Joao Pedro bir necha kun oldin "Chelsi" futbolchisiga aylandi.