Himoyachi Manuel Akanji tez orada "Manchester Siti"ni tark etib, Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi nufuzli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, “Galatasaroy” Akanji transferi bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Bitim 15 million funtni (taxminan 17,3 million evro) tashkil qiladi. Yaqin soatlarda "Galatasaroy" Akanjining o'ziga shartnoma taklif qiladi.

Turkiya klubi shu hafta shartnomani yopishni kutmoqda.