Turin klubi Simeonega qiziqish bildirmoqda

Jovanni Simeone "Torino"ning e'tiborini tortdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, klub Diego Simeonening o'g'liga qiziqish bildirgan. Qayd etilishicha, 30 yoshli forvard hozirda o'z kelajagi haqida o'ylamoqda.
“Napoli” futbolchini 7-8 million evroga sotishga tayyor.
Jovanni o'tgan mavsum A Seriyada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.