Tudor: "Vlaxovichga bo'lgan munosabat meni juda xafa qiladi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor muxlislarning hujumchi Dushan Vlahovichga bo'lgan munosabatidan norozi.
Chorshanba kuni “byankonerilar” yoshlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Asosiy jamoa 2:0 hisobida g'alaba qozondi, gollardan birini Vlahovich kiritdi.
Gol urilganiga qaramay, yig'ilganlar forvardga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
"Dushan hali ham "Yuventus" futbolchisi, unga bo'lgan bunday munosabat meni juda xafa qiladi. U qattiq mashq qiladi.
U bugun hamma kabi yaxshi ishladi", - deya Tudorning so'zlarini keltiradi Football Italia.