TsSKAning yana bir etakchisi klubni tark etdi

"Palmeyras" Kelvenning TsSKAdan transferini tasdiqladi.
24 yoshli himoyachi braziliyaliklar bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Globo xabariga ko'ra, transfer qiymati besh million evroni tashkil qilgan.
Kellven 2023 yil sentyabr oyidan beri TsSKA sharafini himoya qilib kelayotgandi. O'shanda moskvaliklar futbolchini "Atletiko Paranaense"dan 4,5 million evroga sotib olgandi.
Umuman olganda, braziliyalik futbolchi TsSKA safida barcha musobaqalarda 63 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.