TsSKA sobiq ustozi Vyacheslav Chanov yozda "harbiylar" klubini tark etishi mumkin bo'lgan Abbosbek Fayzullaev haqida gapirdi.

"U kelganida uni hech kim tanimasdi. Bu transferdan hamma kulib yubordi, Abbosbek kelib ijod qila boshladi. Uning TsSKAda qolishini istardim. U allaqachon muxlislar uchun oila a'zosiga aylangan", - dedi Chanov "RB Sport" nashriga.

Avvalroq Fayzullaev Istanbulning "Bashakshehir" klubiga ko'chib o'tishi mumkinligi, hattoki ehtimoliy transfer summasi ham aytilgan edi. Fayzullaev JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi. U TsSKAda deyarli roppa-rosa ikki yil, 2023 yilning yozidan beri o'ynamoqda.