TsSKAning sobiq futbolchisi: "Fayzullaev ketsin"

Moskvaning TsSKA klubi futbolchisi Vladimir Ponomarev “armiyachilar” futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga ketishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Fayzullaevni qo'yib yuborishsin. Ilgari u raqib jarima maydonchasida qattiq ishlagan, driblingda yaxshi yorib o'tib, zarba bera olgardi, endi esa dam olmoqda. Hech qanday yangilik yo'q", - deydi Ponomarev.
O'tgan mavsumda 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi 39ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan.