TsSKA va "Istanbul Bashekshexir" Abbosbek Fayzullaev bo'yicha kelishuvga erishdi - manba

Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Osman Altunterim ma'lum qildi.
Jurnalistning ma'lum qilishicha, turk klubi "harbiylar" bilan 21 yoshli futbolchining transferini etti million evroga kelishib olgan.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev 2023 yilning yozidan buyon Moskva jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. TsSKAga u "Paxtakor"dan o'tgan.