TsSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullaevning ketishi to'g'ri qaror bo'ldi"

TsSKAning sobiq futbolchisi Dmitriy Xomuxa Abbosbek Fayzullaevning poytaxt klubini tark etishi bo'yicha fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda yarim himoyachini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi 7,5 mln evroga sotib olishi aytilgan edi.
"Mening fikrimcha, bu hammani qoniqtiradigan yaxshi qaror. Futbolchining o'zi ham jamoani tark etishni xohladi va klub bundan foyda ko'rdi," - deya Xomuxaning so'zlarini keltiradi Vprognoze.ru.
Shuningdek, mutaxassis Fayzullaevning o'yiniga ijobiy baho berib, futbolchi "harbiylar" safida o'zini yaxshi ko'rsatganini aytdi.
Moskvaning TsSKA klubida o'tkazgan ikki mavsumida yarim himoyachi 72 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 22 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.